Toshkentda elektrobus va ikki mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

© iStock.com / HalfpointToshkentda elektrobus va ikki mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkentda elektrobus va ikki mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
“Lacetti” haydovchisi svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmasdan harakatgan.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkentning Yakkasaroy tumanida “Yutong” rusumli elektrobus va ikki mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Poytaxt YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, 5-iyun kuni soat 10:00 larda Shota Rustaveli va Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada “Lacetti”, “Malibu 2” va elektrobus to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida “Malibu” haydovchisi M.M. (1980 yilda tug‘ilgan) tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Lacetti” haydovchisi svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmasdan harakatgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0