Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishga tayyorgarlik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovIchki ishlar vazirligi xodimlari tezkor-qidiruv ishlari davomida
Ichki ishlar vazirligi xodimlari tezkor-qidiruv ishlari davomida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh tarkibida 100 dan ortiq odam bo‘lgan, faol harakatlarni boshlash uchun ular xorijdan mablag‘ kutayotgan bo‘lgan.
TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Qirg‘izistonda hokimiyatni egallab olish maqsadida ommaviy tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) matbuot xizmati. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Bishkekda 5-iyun kuni MXDQ tomonidan 30 kishi hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular Qirg‘izistonda norozilik namoyishlari va keng ko‘lamli tartibsizliklar uyushtirish undan so‘ng esa hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rgan.
Qo‘mita buning dalili sifatida fuqarolarning qo‘lga olingani va telefon suhbatlari yozib olingani aks etgan videoni e’lon qildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh bir yil davomida o‘z safiga hokimiyatdan norozi bo‘lganlarni jalb qilib odam to‘plagan.
Guruhning asosiy tashkilotchi va mafkuraviy ilhomlantiruvchisi “Eldik Kenesh” siyosiy partiyasi raisi Nurmatova Roza Sarliqovna bo‘lgan. Jinoiy guruh uning rahbarligida hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish rejalarini muhokama qilgan, o‘z tarafdorlarining ongiga ushbu g‘oyani singdirish maqsadida ular muntazam yashirin yig‘ilishlar o‘tkazib turgan”, - deyiladi xabarda.
Guruh mamlakatning turli hududlaridan 100 dan ortiq kishini jalb etishga muvaffaq bo‘lgan. Faol harakatlarni boshlash uchun ular yaqin kelajakda xorijdan yirik moliyalashtirishni kutayotgani haqida ma’lumotlar olingan.
“Fitnachilar jamiyatda biror voqeadan norozilik paydo bo‘lganidan so‘ng darhol jinoiy rejalarni amalga oshirishning faol bosqichini boshlashni maqsad qilgan”, — deya aniqlik kiritmoqda huquq-tartibot idorasi.
Ushbu ishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishi MXDQga olib kelingan, ulardan besh nafari, jumladan, partiya raisi ham qo‘lga olingan. Ular o‘z fitnalarini tan olishdi, shuningdek tintuvlar davomida “ularning jinoiy niyatlarini tasdiqlovchi” ashyoviy dalillar ham topildi, deyiladi qo‘mita xabarida.
© press-slujba GKNB KRNurmatova Roza Sarliqovna
Nurmatova Roza Sarliqovna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Nurmatova Roza Sarliqovna
Yangiliklar lentasi
0