Chilonzor tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishChilonzor tumanining airim issiqda issiq suv ta’minoti vaktincha to‘xtaladi
Chilonzor tumanining airim issiqda issiq suv ta’minoti vaktincha to‘xtaladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Issiq suv ta’minoti 7-iyun kuni kechqurun soat 21:00 gacha ishga tushadi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bugun, 7-iyun kuni, Toshkent shahar Chilonzor tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Qatortol ko‘chasi bo‘ylab quvurlarni ko‘chirish va yangi issiqlik magistralini ulash ishlari yakunlanishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Chilonzor tumani: Beshchinor, Diyor, Oqtepa, Bog‘iston, Dilobod, Xalqlar do‘stligi, Nafosat, Qatortol, Katta Navbahor, Navbahor, Ko‘tarma, Zarqo‘rg‘on va Fidokor mahallalari.
Issiq suv ta’minoti 7-iyun kuni kechqurun soat 21:00 gacha ishga tushadi.
Yangiliklar lentasi
0