Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi

© Foto : Agentstvo po delam molodoji/Alisher SadullayevSamarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi
Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Ularga noutbuk sovg‘a qilindi va xorijiy tillarni o‘rganishdagi xarajatlari qoplab beriladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan yigitlar taqdirlandi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
“Qahramonlik ko‘rsatgan ukalarimizga jamoamiz nomidan 4 ta noutbuk va o‘qishga kirishda qo‘shimcha darslar hamda xorijiy tillarni o‘rganishdagi xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldik”, - deya yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Avvalroq Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan yosh qizaloqni 4 nafar maktab bitiruvchilari qutqarib qolgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0