Shavkat Mirziyoyev Italiyaga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarrella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Italiya respublikasi prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarrella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Suy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi. Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Yangiliklar lentasi
0