Mutaxassis cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFontan na ploshadi Mustakillik - ostrovok raya i radosti dlya detey i ix roditeley
Fontan na ploshadi Mustakillik - ostrovok raya i radosti dlya detey i ix roditeley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2023
Obuna bo‘lish
Odatda virus zarralari ifloslangan havzada taxminan 2 oy va undan ko‘proq saqlanadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu haqda Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A,E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Odatda virus zarralari suvga bemorning najasi, qusiq moddalari va yuvilmagan qo‘llari orqali tushib, ifloslangan havzada taxminan 2 oy va undan ko‘proq saqlanadi.
Biroq kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘proq issiq haroratga moslashuvchan bo‘lgani bois, yoz faslida ularning konsentratsiyasi va yashash davomiyligi uzayadi. Ya’ni bunday parazit va mikroblar harorat yuqorilagan davrda 180 kundan ortiq jon saqlashi mumkin.
Cho‘milish chog‘ida suv yutish infeksiyaning og‘iz orqali organizmga tushib, ko‘payib, gastroenterit, ya’ni oshozon va ingichka ichak shilliq qavatida yallig‘lanishni yuzaga keltiradi.
“Kasallik belgilari taxminan 12-48 soat oralig‘ida namoyon bo‘lib, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, tana harorati ko‘tarilishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi kabi alomatlar kuzatiladi”, deya tushuntirdi mutaxassis.
Ochiq suv havzalarida cho‘milish turli teri kasalliklari, burun, og‘iz va quloq shilliq kavatlari yallig‘lanishiga ham olib kelishi ehtimoli mavjud.
Shu bois, avvalo, taqiqlangan, ifloslangan, tekshirilmagan va notanish suv havzalariga tushmaslik, ruxsat etilgan joylarda cho‘milganda ham, iloji boricha suv yutmaslik va burundan suv kirmasligiga diqqat qilish lozim.
Sun’iy suzish havzalari ham hamisha bu xavfdan xoli bo‘lavermaydi. Shu sababli ularning tozaligiga, suvi o‘z vaqtida almashtirilganiga ahamiyat qaratish lozim.
Agar bunday hovuzlar kafellari sirpanchiq bo‘lsa, bu suv eskirganidan dalolat beradi.
"Ochiq havzalarda cho‘milish uchun atmosfera harorati +20-25, suv iliqligi esa +17-19 darajadan kam bo‘lmagan sharoit ham muhit mos", deya qo‘shimcha qildi shifokor.
Quyosh nuri faol bo‘lgan pallada (12:00 dan 16:00 gacha) oftob tig‘idan saqlanish kerak. Negaki, ultrabinafsha nurlarining davomiy ta’siri dastavval kataraktaga, bora-bora ko‘z nurlari butunlay yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. O‘z navbatida, ayni shu omil tufayli allergik reaksiyalar, teri saratoni yuzaga kelishi xavfi ham mavjud.
Bundan tashqari, basseyn suvi sovuq bo‘lmasligi ham muhim. Chunki bunday harorat tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.
Ochiq havzalarda cho‘milish vaqtida va undan keyin kasallik belgilari yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Yangiliklar lentasi
0