Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti Samarqanddagi Osiyo kubogiga keldi

© MOQButunjahon triatlon ittifoqi prezidenti Samarqanddagi Osiyo kubogiga keldi
Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti Samarqanddagi Osiyo kubogiga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2023
Obuna bo‘lish
Dasturni tomosha qilish va musobaqada mehmonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish uchun Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zosi Mirasol Kasado Samarqandga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Ayni kunlarda Samarqand shahri triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda. Kuni kecha musobaqaning asosiy yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Reglamentga ko‘ra, 9-iyun kuni para sportchilar 750 metrga suzish, 20 kmga velopoyga va 5 kmga yugurish dasturida ishtirok etishdi. 10-iyun kuni professional atletlar Olimpiya yo‘nalishida 1500 metrga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi.
Kecha dasturni tomosha qilish va musobaqada mehmonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish uchun Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zosi Mirasol Kasado Samarqandga tashrif buyurdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Umumiy klassifikatsiya, erkaklar:
1. Ayan Beysenbayev (Qozog‘iston);
2. Richard Varga (Slovakiya);
3. Aleksandr Kurishov (O‘zbekiston).
Ayollar:
1. Ivana Kuraichkova (Slovakiya);
2. Tanya Stroshnayder (Avstriya);
3. Makarana Salazar (Chili).
Markaziy Osiyo mintaqasi, erkaklar:
1. Ayan Beysenbayev (Qozog‘iston);
2. Aleksandr Kurishov (O‘zbekiston);
3. Darin Konisbayev (Qozog‘iston).
Ayollar:
1. Alina Hakimova (O‘zbekiston);
2. Darya Bichkova (Qozog‘iston).
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi va sovrinlarni o‘z egalariga topshirdi. Bugun turli yosh toifalarida sportchilar mamlakat chempionligi uchun o‘zaro bahs olib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0