Qozog‘iston prezidenti 12-iyunni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi

© Foto : QR Prezidentіnің baspasөz qizmetіQozog‘iston prezidenti 12-iyunni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi
Qozog‘iston prezidenti 12-iyunni umummilliy motam kuni deb e’lon qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2023
Obuna bo‘lish
Toqayev yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 12-iyunni mamlakat sharqidagi keng ko‘lamli yong‘in qurbonlari xotirasiga umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.
Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘ini payshanba kuni chaqmoq urishidan keyin boshlangan. Yong‘in oqibatida “Semey o‘rmoni” qo‘riqxonasining 14 ishchisi halok bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 60 ming gektardan oshgan. Yong‘inni o‘chirishga 300 ta texnika, 1500 ga yaqin kishi va 11 vertolot jalb etilgan.
Qozog‘iston rahbari yakshanba kuni ish safari bilan hududga keldi. Toqayev yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
“Men bu yerga hamdardlik bildirish uchun keldim. Bu butun xalqimiz uchun katta fojia. Ushbu og‘ir damda kuchli bo‘ling”, - dedi Toqayev.
“Albatta, afsuski, halok bo‘lganlarni qaytarib bo‘lmaydi, lekin hayot davom etmoqda. Lekin bir narsani aniq aytmoqchiman, bu fojiaga aybdor bo‘lganlar qonun doirasida javobgarlikka tortiladi. Shu dushanbani umummilliy motam kuni deb e’lon qilaman. Biz siz bilan birga qayg‘uramiz, halok bo‘lganlarning ismlarini eslaymiz. Men sizdan kuchli va xotirjam bo‘lishingizni so‘rayman”, - dedi Toqayev.
Shu bilan birga, u barcha sohalarda tegishli choralar ko‘rilishini tushuntirdi.
Yangiliklar lentasi
0