G‘arbni ulkan badal kutmoqda: mutaxassis bir qutbli dunyo nega qulayotganini tushuntirdi

© AP Photo / Olivier MatthysBrusseldagi NATO shtab-kvartirasi oldidagi bayroqlar. Arxiv fotosurati
Brusseldagi NATO shtab-kvartirasi oldidagi bayroqlar. Arxiv fotosurati

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Axborot va moliya sohalarini nazorat qilish, harbiy va iqtisodiy salohiyat — ko‘z o‘ngimizda G‘arb davlatlari bularing barchasini yo‘qotmoqda.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Yangi haqiqatni inkor etuvchi G‘arb davlatlarini G‘arbdan keyingi ko‘p qutbli dunyo natijali “juda og‘ir badal” kutmoqda, xabar beradi "The Global Institute for Tomorrow" asoschisi Chandran Nair "The National Interest" nashri uchun yozgan maqolasida. RIA Novosti xabariga asosan.
Muallif ta’kidlashicha, hozirda G‘arb davlatlariga “og‘ir badal solish uchun zarur shart-sharoitlar” shakllantirilmoqda. “Bu so‘nggi asrlarda G‘arbning global hukmronligini qo‘llab-quvvatlab kelgan uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan tushunchalar va tuzilmalarga qarshi chiqadi hamda G‘arbning global iyerarxiyaga rahbarlik qilish huquqining mohiyatini ochib beradi”, – ma’lum qildi Chandran Nair.
Uning fikricha, bu holat G‘arbni hokimiyatni bo‘lishish kerak bo‘lgan ko‘p qutbli kelajakka moslashishga majburlayotgan beshta asosiy tendensiya bilan bog‘liq.
Birinchidan, bu odatiy tarixni qayta anglab chiqish. Nair ta’kidlaganidek, butun mustamlakachilik davrida G‘arb tarixiy voqealarni tanlab talqin qilgan va bu mahoratni mukammal holatga keltirgan, o‘zini zamonaviy sivilizatsiya yaratuvchisi va yaxshilikni targ‘ib qiluvchi kuch sifatida ko‘rsatgan. Biroq, hozir vaziyat o‘zgarmoqda: axborot texnologiyalari bir paytlar G‘arb senzuralariga tegishli bo‘lgan axborot va tarix monopoliyasini yo‘q qildi.
Ikkinchi tendensiya – butun dunyoda “ko‘plab masxara”larga sabab bo‘layotgan va G‘arb davlatlariga o‘z gegemonligini saqlab qolish uchun vosita hisoblanadigan “qoidalarga asoslangan” xalqaro tartibni qayta baholash. G‘arbning o‘z qoidalarini doimiy ravishda buzayotganligi borasida norozilik kuchaymoqda, shuning uchun bu tartibning qonuniyligi tobora ko‘proq shubhalarga sabab bo‘lmoqda, deydi Nair.
Uchinchidan, G‘arbning “tinchlikni saqlash” harakatining fosh etilishi. Dunyoning asosiy qismi AQSh boshchiligidagi G‘arb nafaqat haqiqiy tinchlikka hissa qo‘shmaydi, balki urushlardan foyda ham oladi, deb hisoblaydi. Nairning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa G‘arb iqtisodiyoti asosan mojarolardan foyda ko‘rishini hisobga olsak, dunyo tinchligini faqat G‘arbga ishonib bo‘lmasligini dunyo tushunib yetdi.
To‘rtinchi tendensiya – G‘arb moliyaviy ustki tuzilmasini “o‘z taxtidan” ag‘darish. Muallif ta’kidlaganidek, G‘arb davlatlari o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan ochiqchasiga geosiyosiy manfaatlar va maqsadlar uchun foydalanishlari hech kimga sir emas. Ayni damda AQShning dollar bilan bog‘liq “o‘ta katta imtiyoz”ini yo‘q qilishga harakat qilinmoqda, bundan tashqari, mamlakatlar G‘arb sanksiyalarida qo‘llanilgan SWIFT bank tizimiga muqobil variantlarni izlamoqda.
Beshinchidan, g‘arb matbuotiga ishonchning keskin pasayib ketgani kuzatilmoqda va bu juda muhim pallaga to‘g‘ri keldi: so‘nggi bir necha yil ichida OAV faoliyatidagi kamchiliklar o‘rnatilgan dunyo tartibida G‘arbning sevimli tomonlarinigina singdirmoqda va abadiylashtirmoqdaligi jahon hamjamiyatining ko‘zini ochdi.
Nair ta’kidlaganidek, G‘arb davlatlari o‘zlari yaratgan “haqiqatni inkor etish” qobig‘ida yashamoqda, biroq ular uchun dunyo Sovuq urush tugaganidan keyingidek holatda emasligini tushunish vaqti keldi. “O‘tmish ortda qoldi, G‘arb esa avvalgi siyosiy va moliyaviy kuchga ega emas, xalqaro legitimlik haqida gapirmasa ham bo‘ladi <…> Aks holda dunyo yanada xavfliroq, G‘arbning martabasi va ta’siri esa yanada sustlashib boraveradi, deb xulosa qiladi muallif.
Yangiliklar lentasi
0