Bugun Toshkentning ikkita tumanida “svet” o‘chirildi

© www.pexels.comToshkentning ikki tumanida “svet” o‘chirildi
Toshkentning ikki tumanida “svet” o‘chirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning ikki tumanida ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Bugun, 12-iyun kuni poytaxtning ikki tumanida ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:
Yakkasaroy tumanining U.Nosir, K.Yashin, Jambil, Tadbirkor hamda Mirahmedova ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumanining Shohsanam, Latofat va Bunyodkor ko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Yangiliklar lentasi
0