Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina muvaffaqiyatsiz hujumlarini davom ettirmoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishArtyomovsk yo‘nalishidagi to‘qnashuv chizig‘i yaqinidagi qishloqda Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘q qilingan harbiy texnikasi
Artyomovsk yo‘nalishidagi to‘qnashuv chizig‘i yaqinidagi qishloqda Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘q qilingan harbiy texnikasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari bir necha yo‘nalishda hujumlarni davom ettirdi. Rossiya birlashgan armiyasi hujumlarni muvaffaqiyatli qaytarib dushmaning 600ga yaqin askarlari va o‘nlab harbiy texnikasi yo‘q qildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning 12-iyun kuni sodir bo‘lgan asosiy voqealar sarhisobi.
Janubiy Donesk hududida Ukraina qurolli kuchlari o‘tgan suta davomida hujum amaliyotlarini davom ettirdi.
Vremevskiy bo‘rtig‘ida "Sharq" kuchlari guruhi DXRning Velika Novoselka tomonidan Zaporode viloyait Levadnoe yo‘nalishida dushmanning uchta hujumini qaytardi. Dushmanning yo‘qotishlari 120 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ikkita tank va uchta zirhli jangovar texnikani tashkil etdi.
DXRning Prechistovka, Velika Novoselka va Neskuchno aholi punktlari hududlarida Ukraina prezidentining 1-alohida brigadasi, 128-hududiy mudofaa brigadasi, 31-mexaniklashtirilgan va 1-tank brigadalarining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyalariga zarba berildi.
Zaporoje yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalari Zaporoje viloyati, Novodanilovka aholi punkti yaqinida armiya aviatsiyasi zarbalari va artilleriya o‘qlari bilan zarba berildi.
Bu hududlarda kun davomida 250 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, beshta tank, yettita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Eng faol jangovar harakatlar DXRning Avdeyevka va Mariinka aholi punktlari hududlarida olib borildi. "Janub" qo‘shinlar guruhi Pervomayskoe va Mariinka chekkasida UQKning 59-moto-piyoda va 79-havo hujumi brigadalari bo‘linmalarining ikkita hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 140 nafargacha harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina, to‘rtta texnika, shuningdek, D-30 gaubitsasini tashkil qildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Novomlinsk, Masutovka, Kislovka va Lugansk Xalq Respublikasining Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida dushman bo‘linmalarini mag‘lub etdi.
LXRning Rozovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining diversiya-razvedka guruhi yo‘q qilindi. Ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 35 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta mashina va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova aholi punktlari, shuningdek, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududlaridagi dushmanning 55 dan ortiq harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomobil, "Akatsiya" va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, shuningdek, D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Shuningdek, Donesk Xalq Respublikasining Grigorovka posolkasi hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
DXRing Torskoe qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida o‘tgan sutka davomida zarbalar natijasida 15 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta avtomobil va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi Ukrainaing 102 ta pozitsiyalarida joylashgan 96 ta artilleriya bo‘linmasi ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Dnepropetrovsk viloyatining Gay qishlog‘i hududida S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyati Glubokoe qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 60-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
DXRning Velikaya Novoselka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining 68-yegerlar brigadasi batalonining qo‘mondonlik va kuzatuv postiga zarba berildi.
Ukrainaning "Tochka-U" taktik raketasi havo hujumidan mudofaa vositasida tutib olindi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Varvarovka, Rubejnoe, Donesk Xalq Respublikasining Disput, Novoandreyevka, Zaporoje viloyatining Kopani, Removka va Xerson viloyatining Podstepne aholi punktlari hududlarida Ukrainaning sakkizta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami 442 samolyot, 238 vertolot, 4579 uchuvchisiz uchish apparati, 426 zenit-raketa tizimi, 9915 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1122 ta raketa otish moslamalari, 5093 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 10905 ta maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0