Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi — foto

© Saida MirziyoyevaTermizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
Bu men uchun juda muhim voqea bo‘ldi, deb yozadi Mirziyoyeva.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Kecha, 12-iyun kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 13 va 26-umumta’lim maktablarining IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
© Saida MirziyoyevaTermizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
“Bu men uchun juda muhim voqea bo‘ldi. Birinchidan, qizlar zamonaviy IT sohasining sir-asrorini egallayotganini ko‘rib, qalbim quvonchga to‘lyapti. Bu IT oromgohi qizlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini uyg‘otishda muhim qadam bo‘ldi. Ikkinchidan, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan bunday oromgohlar, to‘garaklar, o‘ziga xos kurslar mamlakatimiz prezidenti rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasiga misoldir”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
© Saida MirziyoyevaTermizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
Ta’kidlanishicha, ikkala maktab o‘quvchilari orasida afg‘onistonlik qizlar ham bor, ular ham ixtisoslashtirilgan oromgohda tahsil olishdi.
“Qo‘shni mamlakatda ta’lim olmoqchi bo‘lgan qiz-ayollar qanday qiyinchiliklarga duch kelishini hammamiz yaxshi anglaymiz. Men O‘zbekiston ularning bir necha nafariga bo‘lsa-da, orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam berayotganidan faxrlanaman”, - deb yozdi Mirziyoyeva.
© Saida MirziyoyevaTermizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Termizda IT oromgohida tahsil olgan o‘quvchi qizlarga sertifikat topshirildi
Yangiliklar lentasi
0