Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina xorijdan olgan texnikasining 25-30 foizini yo‘qotdi — Putin

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin urush muxbirlari bilan uchrashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush muxbirlari bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukrainaga G‘arb davlatlari tomonidan yetkazib berilgan harbiy texnikaning uchdan birini yo‘q qildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuv chog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum paytida zirhli texnikadagi jiddiy yo‘qotishlarga duch kelganini aytdi.

"Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum vaqtida 160 tadan ziyod tanklarini yo‘qotdi. Zirhli texnikaga kelsak, yo‘qotishlar bundan ham jiddiyroq — ular 360 tadan ortiq turli turdagi zirhli texnikani yo‘qotdi", — dedi Rossiya prezidenti.

“Mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, bu xorijdan yetkazib berilgan texnikalarning taxminan 25 foizi, balki 30 foizini tashkil etadi”, — dedi Putin.
Ukraina QKning shaxsiy tarkib bo‘yicha yo‘qotishlarini Rossiya prezidenti "halokatli" deb atadi.
“Yo‘qotishlar yaralanganlar bo‘lishi mumkin, yoki qurbonlar bo‘lishi mumkin. Odatda qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlar 25% atrofida bo‘ladi, lekin ularda bu ko‘rsatgich 50 ka 50", - dedi Putin.
"Rossiya askarlari orasida ham albatta yo‘qotishlar bor. Biz himoyalanuvchi tomon bo‘lganimiz uchun bizda yo‘qotishlar kamroq. Taxminan birga o‘n miqyosida deyishim mumkin. Aniq raqamlarni Mudofaa vazirligi aytadi", - deb qo‘shimcha qildi prezident.
Shu bilan birga Rossiya bosh qo‘mondoni maxsus operatsiya maqsadlari o‘zgarmasligini va Ukrainani demilitarizatsiya qilish bosqichma-bosqich olib borilayotganini yana bir bor ta’kidladi.
Shuningdek, davlat rahbari bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlar maxsus operatsiya hududiga jo‘natilmasligini va qo‘shimcha mobilizatsiyaga ehtiyoj yo‘qligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Prezident aytishiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyidan buyon 150 ming kishi Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan.
Yangiliklar lentasi
0