"Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston" yo‘nalishida birinchi poyezd yo‘lga chiqdi

© Ministerstvo transporta"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi.
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
Lanchjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi orqali ilk yuk poyezdi yo‘lga chiqdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Transport vazirligi.
Tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklarni o‘z ichiga olgan 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi Lanchjou stansiyasidan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi kutilmoqda.
Yuklarning umumiy qiymati 2 million 500 ming dollarni tashkil etadi.
"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi orqali ilk sinov poyezdi harakatiga 9-iyun kuni start berilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur jarayon Xitoyning "Zhejiang Union of Railway Logistics" kompaniyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" va “Qirg‘iz temir yo‘li” milliy kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Bunga esa Sian shahrida bo‘lib o‘tgan "Xitoy – Markaziy Osiyo" sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar asos bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0