CAFA Nation’s Cup 2023: O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yinini qayerda onlayn tomosha qilish mumkin?

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaCAFA Nation’s Cup 2023: O‘zbekiston-Turkmaniston uchrashuvi
CAFA Nation’s Cup 2023: O‘zbekiston-Turkmaniston uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup 2023” turniri doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup 2023” turnirining ikkinchi turida Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Uchrashuv soat 20:30 da “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv "Sport" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
O‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Nurzatbek Abduqodirov (Qirg‘iziston) ishlaydi. Unga qanotlarda Sergey Grishchenko (Qirg‘iziston) va Mohid Sharif Sarvari (Afg‘oniston) yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Hasan Akramiga (Eron) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston vakillari O‘monga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar 7 va 24-daqiqada Jaloliddin Masharipov tomonidan, 89-daqiqada Hojiakbar Alijonov tomonidan kiritildi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0