O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini qanday natija bilan tugadi?

© UFACAFA Nations Cup 2023: O‘zbekiston - Turkmaniston o‘yini
CAFA Nations Cup 2023: O‘zbekiston - Turkmaniston o‘yini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
CAFA Nation’s Cup 2023 turniri doirasida O‘zbekiston terma jamoasining Turkmanistonga qarshi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida CAFA Nation’s Cup 2023 doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini bo‘lib o‘tdi.
© UFACAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
Uchrashuv soat 20:30 da boshlandi. O‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlandi. Raqib jamoa esa oq libosda maydonga tushdi.
© UFACAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
Birinchi 45 daqiqa va qo‘shib berilgan 4 daqiqada hech bir jamoa oldinga siljiy olmadi. Hisob 0:0.
© UFACAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan

Ikkinchi taym boshida 51 daqiqada Eldor Shomurodov nihoyat hisobni ochdi. Hujumda unga zaxiradan tushgan Oston O‘runov va Hojimat Erkinovlar yordam berishdi.

Bu Eldorning terma jamoa tarkibida urilgan 35 goli bo‘ldi va u Maksim Shaskixning rekordini (34 ) yangiladi. Shuningdek, eng yaxshi to‘purarlar qatoridan Aleksandr Geynrix (31) va Mirjalol Qosimovlar (30) ham o‘rin olgan.
Ikkinchi gol! 85 daqiqada Iskandarov uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov o‘zining 36 golini bo‘sh qolgan darvozaga kiritdi. Chunki bundan oldin darvozabon oldinga chiqib to‘pni qaytargan edi.
O‘zbekiston - Tukrmaniston o‘yini 2:0 hisobida yakunlandi. O‘yinning eng qiziq lahzalarini Sputnik telegram kanalida kuzatib boring.
© UFACAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
O‘yinni 15 mingdan ortiq futbol muxlislari "Bunyodkor" stadionida tomosha qilishdi
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Nurzatbek Abduqodirov (Qirg‘iziston) ishladi. Unga qanotlarda Sergey Grishchenko (Qirg‘iziston) va Mohid Sharif Sarvari (Afg‘oniston) yordam berdi. To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Hasan Akramiga (Eron) topshirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston vakillari O‘monga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar 7 va 24-daqiqada Jaloliddin Masharipov, 89-daqiqada esa Hojiakbar Alijonov tomonidan kiritildi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
© UFACAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
CAFA Nations Cup 2023: Igra Uzbekistan - Turkmenistan
Yangiliklar lentasi
0