O‘zbekiston tarixida ilk bor 6 nafar dzudochi qizlar Olimpiada litsenziyasi olishi mumkin

© NOK UzbekistanaDzudochilar, arxiv surat
Dzudochilar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aralash jamoaviy yo‘nalishda ham litsenziya talabini bajargan 12 jamoadan biriga aylangan.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Dushanbe Gran-prisidan so‘ng Xalqaro dzudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan Parij-2024 Olimpiada reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 16 nafar o‘zbekistonlik dzudochilar litsenzion hududdan o‘rin olgan. Ularning 6 nafari ayollar terma jamoa a’zolaridir.
“Ahamiyatlisi, shu paytgacha hech qachon bir vaqtning o‘zida 6 nafar dzudochi qizimiz litsenzion hududdan o‘rin olmagan edi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu natija bilan O‘zbekiston aralash jamoaviy yo‘nalishda ham litsenziya talabini bajargan 12 jamoadan biriga aylangan.
Erkaklar:
60 kg: Dilshodbek Baratov – 1644 ochko
66 kg: Muhriddin Tilovov – 1034, Sardor Nurillayev – 879
73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – 1870, Obidxon No‘’monov – 1714, Shahram Ahadov – 1460
90 kg: Davlat Bobonov – 2174 ochko
100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – 1289
+100 kg: Alisher Yusupov – 2310, Shohruh Baxtiyorov – 1210
Ayollar:
48 kg: Halimajon Qurbonova – 620
-52 kg: Diyora Keldiyorova – 2784, Sita Qadamboyeva – 937
-57 kg: Shukurjon Aminova – 710
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – 875
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – 479
Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi. Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit’aviy kvotaga ega dzudochilar keltirilgan.
Xabarda yozilishicha, bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.
Yangiliklar lentasi
0