Toshkent va Dominikana o‘rtasida hamkorlik rivojlantiriladi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaShavkat Umurzoqovning Dominikana respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuvi
Shavkat Umurzoqovning Dominikana respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuvi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
Umurzoqov turizm, kommunal xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Kecha, 13-iyun kuni, poytaxt hokimligida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Dominikana respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Frank Xans Dannenberg Kastelyanos bilan uchrashdi. Bu haqda hokimlik saytida xabar berildi.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaVstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
Umurzoqov turizm, kommunal xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u o‘zaro hamkorlik salohiyatini to‘laqonli ishga solish zarurligini ta’kidlab, qo‘shma madaniy tadbirlar — yarmarkalar, ko‘rgazmalar, festivallarni tashkillashtirishni taklif qildi.
O‘z navbatida, Kastelyanos O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidladi. U Toshkent bilan Santo-Domingo shaharlari o‘rtasida Do‘stlik va birodarlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirdi.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaVstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
Kastelyanos O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, ko‘plab davlatlar bilan viza tizimining bekor qilinishi sayyohlar uchun keng yo‘l ochganligini ta’kidlab, bu Dominikana fuqarolarining ham e’tiborini tortganligini qayd etdi.
Birgalikda qo‘shma madaniy tadbirlar, milliy festival va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taraflar amaliy muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaVstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Vstrecha s poslom Dominikanskoy respubliki v xokimiyate Tashkenta
Yangiliklar lentasi
0