Afrikaning 3 ta davlat prezidentlari tinchlik missiyasi bilan Ukrainaga boradi - OAV

© SputnikKiyev, arxiv surat
Kiyev, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
JAR, Zambiya va Komor orollari prezidentlari Ukrainaga yo‘l olmoqda - Rzeczpospolita.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasi, Zambiya va Komor orollari prezidentlari Ukrainaga tinchlik missiyasi bilan boradi, deb yozdi Polshaning "Rzeczpospolita" nashri.

"Janubiy Afrika, Zambiya va Komor orollari prezidentlari payshanba kuni Varshavaga tashrif buyuradi, u yerdan tinchlik missiyasi bilan Kiyevga boradi", — deyilgan xabarda.

Ukrainaning Polshadagi elchisi Vasiliy Zvarichning aytishicha, Vladimir Zelenskiy ular bilan Kiyevda uchrashadi.
Bungacha Afrika davlatlari rahbarlari Polsha yetakchisi Anjey Duda bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda uning saytida ma’lumot paydo bo‘ldi: soat 12:40da Duda Komor orollari prezidenti bilan, 13:30 da Zambiya prezidenti bilan va 14:15 da Janubiy Afrika prezidenti bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
May oyi o‘rtalarida Janubiy Afrika prezidenti Kiril Ramafosa Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga Zambiya, Senegal, Kongo, Uganda, Misr va Janubiy Afrika Respublikasi nomidan tinchlik tashabbusini taqdim etganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Moskva ham, Kiyev ham Afrika davlatlari rahbarlarining missiyasini qabul qilishga rozi bo‘lgan. Kreml mojaroni hal qilishga hissa qo‘shadigan har qanday taklifni katta e’tibor bilan tinglashga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Afrika davlatlari prezidentlarining Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvi 17-iyun kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga doir:
“Biz nega dollarda savdo qilyapmiz?”: Keniya prezidenti Afrika davlatlarini o‘zaro savdoda Amerika valyutasidan voz kechishga chaqirdi — video
Ukrainadagi mojaro tez orada tugaydi — Lukashenko
Yangiliklar lentasi
0