Mashhur opera xonandasi O‘zbekistonda ilk bor konsert beradi

© Lichniy arxiv Ildara Abdrazakova Ildar Abdrazakov
Ildar Abdrazakov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyalik opera ijrochisining konserti Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida “Rossiya fasllari” xalqaro madaniy loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, “Oltin niqob” milliy teatr mukofoti laureati, ikki karra “Gremmi” mukofoti sovrindori Ildar Abdrazakov 21-iyun kuni Toshkentda ilk bor konsert beradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Rossiyalik opera ijrochisining konserti Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida “Rossiya fasllari” xalqaro madaniy loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Ildar Abdrazakov dirijor Denis Vlasenko boshchiligidagi simfonik orkestr jo‘rligida chiqish qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 21-may kuni Toshkentda “Rossiya fasllari” rus san’ati va madaniyati festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Loyihaning keng ko‘lamli dasturi doirasida yil davomida turli formatdagi 20 dan ortiq tadbirlar: konsertlar, spektakllar, mahorat darslari, filmlar namoyishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0