Poytaxtning ikki tumanida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishQo‘l yuvilishi, arxiv foto
Qo‘l yuvilishi, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun, 15-iyun kuni Toshkent shahri Yashnobod va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, isitish magistrallarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish zarurati munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:
Yashnobod tumani: Qorasuv, Alimkent, Parkent ko‘chalari, Aviasozlar 1-berk ko‘chasi, Aviasozlar 4, Tuzel 1-dahalari;
Sergeli tumani: Sergeli 7, 8 va 8a dahalari.
Issiq suv ta’minoti bugun, 15-iyun kuni kechqurun soat 19:00 ga qadar qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0