Bugun poytaxtning qaysi tumanlarida "svet" bo‘lmaydi?

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining 7 ta hududida elektr ta’minoti o‘chiriladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentning Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Poytaxtdagi qator tumanlarning ayrim hududlarida elektr qurilmalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
Yashnobod tumani - "Arg‘in" hamda "Bahor" MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Yunusobod tumani - Markaz 6-dahasi, "Registon" va "Qo‘shchinor" MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;
Chilonzor tumani - "Dilxush" hamda "Qatortol" MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha.
Aytilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.
Yangiliklar lentasi
0