Toshkentdagi "Milliy bog‘" hududida yong‘in sodir bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMilliy bog‘
Milliy bog‘ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Yong‘in natijasida taxminan 100 kv.m maydonda quruq o‘t yonib zararlangan.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "Milliy bog‘" hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha soat 20:58 da Toshkentda joylashgan "Milliy bog‘" hududining orqa qismida quruq o‘t yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilgan.

"Milliy bog‘ning orqa qismida sodir bo‘lgan yong‘inga 21:08 da yetib borilib, soat 21:23 da to‘liq bartaraf etildi”, - deyiladi xabarda.

Yong‘in natijasida taxminan 100 kv.m maydonda quruq o‘t yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0