Shahram G‘iyosov professional boksdagi 14-g‘alabasini qo‘lga kiritdi — video

© O‘zbekiston professional boks federatsiyasiShahram G‘iyosov
Shahram G‘iyosov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2023
Obuna bo‘lish
Yakunda o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkent vaqti bilan bugun, 18-iyun kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov AQShning Luiziana shtatida joylashgan “Smoothie King Center” arenasida amerikalik bokschi Xarold Kalderonga qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda 120-108, 118-110, 116-112 hisobida o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland keldi.
Shu tariqa Kalderonning 27:0 ko‘rinishidagi galabali seriyasiga barham berildi. Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.
G‘iyosov bunga qadar professional boksda 13 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alabaga erishgan.
Yangiliklar lentasi
0