Jamshid Xodjayev “Rosneft” rahbari bilan uchrashdi — tafsilotlar

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish"Rosneft", arxiv foto
Rosneft, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasining o‘sishini muhokama qildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Sankt-Peterburgda “Rosneft” rahbari Igor Sechin bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasining o‘sishini muhokama qildi.
“2022 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya 18,6 foiz ulush bilan O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi 26 foizni tashkil etib, 8,7 milliard dollardan oshdi. Shu bilan birga, Rossiya importdagi 32 foizga yaqin ulushi bilan O‘zbekistonga energiya resurslarini yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar “Rosneft”ning O‘zbekistonga neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yangiliklar lentasi
0