O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi uchrashuvni rossiyalik hakamlar boshqaradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolniy sudya Kirill Levnikov. Arxivnoe foto
Futbolniy sudya Kirill Levnikov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Kirill Levnikov boshchiligidagi rossiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. “CAFA Nation’s Cup” xalqaro musobaqasi doirasida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvni Kirill Levnikov boshchiligidagi rossiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 20-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Levnikov jamoasining CAFA turnirida faoliyat yuritishi esa may oyida ma’lum bo‘lgan edi.

“Ertaga Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Eron uchrashuviga rossiyalik hakamlar jamoasi tayinlandi”, — deyiladi CAFA matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston final yo‘lida O‘mon (3:0), Turkmaniston (2:0) va Tojikiston (5:1) jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Eron esa Qirg‘iziston va Afg‘oniston vakillarini ortda qoldirdi.
Final 20-iyun kuni soat 20:30 da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi final bahsini qayerda onlayn tomosha qilish mumkin?
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0