Qilichboz Zaynab Dayibekova Osiyo chempioni bo‘ldi

Zaynab Dayibekova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag‘lubiyatga uchratdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishida Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik sportchi finalda uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yun ustidan g‘alaba qozongan.
Dayibekova musobaqa bosqichlarida Vyetnam, Xitoy, Avstraliya vakillarini, yarim finalda esa hindistonlik raqibasini yenggan.
Xabarda qayd etilishicha, bu Dayibekovning kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0