O‘zbekistonning Eronga qarshi final o‘yini uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Abdubakir YunusovCAFA-2023 Fotolenta s matcha Turkmenistan protiv Uzbekistana
CAFA-2023 Fotolenta s matcha Turkmenistan protiv Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Obuna bo‘lish
"CAFA Nation's Cup" turniri final o‘yini O‘zbekiston va Eron o‘rtasida kechadi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Birozdan so‘ng "CAFA Nation's Cup" turniri final o‘yini boshlanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuv oldidan O‘zbekistonning boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi.
Sputnik muxbirining xabar qilishicha, maydonga O‘tkir Yusupov (darvozabon), Eldor Shomurodov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odiljon Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, Sherzod Nasrullayev, Umarbek Eshmurodov, Abdulla Abdullayev tushadi.
O‘zbekiston final yo‘lida O‘mon (3:0), Turkmaniston (2:0) va Tojikiston (5:1) jamoalari ustidan g‘alaba qozondi. Eron esa Qirg‘iziston va Afg‘oniston vakillarini ortda qoldirdi.
Qayd etish joizki, jamoalar o‘zaro bunga qadar 11 marotaba o‘ynagan. O‘zbekiston bir marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 9 bor eronliklar ustun kelgan.
O‘yinning eng qiziq lahzalarini Sputnik Telegram-kanalida kuzatib borishingiz mumkin.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ilk bor tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0