Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisi 22-iyun kuni chaqiriladi

© Press-slujba Senata UzbekistanaSenat Kengashining navbatdagi majlisi
Senat Kengashining navbatdagi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2023
Obuna bo‘lish
Senatorlar, jumladan, O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni muhokama qilishadi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisi 22-iyun kuni chaqiriladi. Senat Kengashining navbatdagi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.
Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Unda, xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekska o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hamda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, yalpi majlisda Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0