Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etiladi

© Depositphotos.com / IgorVetushkoRuka v rezinovoy perchatke s tabletkoy na fone steklyannoy banochki
Ruka v rezinovoy perchatke s tabletkoy na fone steklyannoy banochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
SSV farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) huzurida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi tashkil qilinadi. Bu 20-iyun kuni qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarorida ko‘zda tutilgan.
Qaror bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimidagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK SSV tizimiga o‘tkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilishi belgilandi.
Bunda SSV Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0