“Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie uslugi onlayn. Illyustrativnoe foto
Gosudarstvennie uslugi onlayn. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. 2025 yil 1-yanvargacha “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi. Bu 20-iyun kuni qabul qilingan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
Shuningdek, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.
Inspeksiya 2023-yil 1-avgustdan suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshiradi.
Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin.
Stakan s vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Iste’molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0