Rossiyalik opera ijrochisi O‘zbekistonga keldi — video

© Lichniy arxiv Ildara Abdrazakova Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Ildar Abdrazakov
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Ildar Abdrazakov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Ildar Abdrazakov bugun Toshkentda ilk bor konsert beradi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Ildar Abdrazakov O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Toshkent meni iliq kutib oldi”, – deydi mashhur opera xonandasi Ildar Abdrazakov.
“Oltin niqob” milliy teatr mukofoti laureati, ikki karra “Gremmi” mukofoti sovrindori Ildar Abdrazakov bugun, 21-iyun kuni Toshkentda ilk bor konsert beradi.
Rossiyalik opera ijrochisining konserti Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida “Rossiya fasllari” xalqaro madaniy loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Xonanda dirijor Denis Vlasenko boshchiligidagi simfonik orkestr jo‘rligida chiqish qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 21-may kuni Toshkentda “Rossiya fasllari” rus san’ati va madaniyati festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Loyihaning keng ko‘lamli dasturi doirasida yil davomida turli formatdagi 20 dan ortiq tadbirlar: konsertlar, spektakllar, mahorat darslari, filmlar namoyishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0