Samarqand tabiatiga qariyb 750 mln so‘m zarar yetkazildi — tafsilotlar

© Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligiVirubka derevyev
Virubka derevyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Viloyatning Bulung‘ur tumanida ko‘p yillik daraxtlarni kesish bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 9 tup qayrag‘och noqonuniy tarzda kesib tashlandi va tabiatga 744 mln 642 ming so‘m zarar keltirildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi xabar berdi.
Shikastlangan daraxt haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus bot ishga tushirildi.
Daraxtlar tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent-Samarqand M-39-avtomagistral yo‘li yoqasida belbog‘ (ixota) shaklida ekilgan bo‘lgan. Daraxtlar qariyb 50-55 yildan buyon o‘sib kelgan.
Daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdorlari oshirilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida ushbu huquqbuzarliklar takror sodir etilsa 15 sutkaga qamoqqa olish choralari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, endilikda daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik ham kiritilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0