Andijon viloyati hokimi Hasanboy Do‘smatovga uy sovg‘a qildi

© Federatsiya boksa UzbekistanaXasanboy Dusmatov
Xasanboy Dusmatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qildi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovga uy sovg‘a qilindi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov Andijon viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qildi.
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy 1-14 may kunlari o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar lentasi
0