“UzAirways” Toshkentdan to‘rtta shaharga qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 Uzbekistan Airways. Arxivnoe foto
Boeing 757 Uzbekistan Airways. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
27 iyun kuni Toshkent-Urganch-Toshkent, Toshkent-Nukus-Toshkent, Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi.
28 iyun kuni Toshkent-Termiz-Toshkent, 30-iyun kuni esa Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, 2-iyul kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways samolyoti, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
“UzAirways” Qurbon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0