Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidentining huquq va vakolatlari qanday?

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tashkent. Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezidentlikka 7-yil muddatga saylagan shaxsga 20 dan ortiq vakolatlarga beriladi. Davlat rahbari o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, deputat va tadbirkor bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10-yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan mamlakat fuqarosi saylanishi mumkin.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
O‘zbekiston prezidenti quyidagi vakolatlarga ega:
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston nomidan ish ko‘radi;
muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekistonning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
O‘zbekistonning chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni Oliy Majlisning Senatiga taqdim etadi;
Xalqiga hamda Oliy Majlisga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;
vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Senat tasdig‘iga kiritadi;
Senat raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Senatga taqdim etadi;
Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
Qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Bosh prokurorni, Hisob palatasi raisini Senat ma’qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
Senat bilan maslahatlashuvlardan keyin Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
Senatga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek Markaziy bank boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o‘rinbosarlarini, Harbiy sud raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Prezident o‘z qarori bilan ularni lavozimidan ozod etishga haqli;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi;
Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
Qonunlarni imzolaydi va e’lon qiladi;
qonunni o‘z e’tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli;
O‘zbekistonga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oliy Majls palatalarining tasdig‘iga kiritadi;
alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, butun hududda yoki ayrim joylarda favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oliy Majlisning palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
Ordenlar, medallar va yorlig‘ bilan mukofotlaydi, O‘zbekistonning malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
O‘zbekistonning fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;
amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oliy Majlisning Senatiga taqdimnomalar kiritadi va sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida prezident Administratsiyasini, shuningdek prezident huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Shuningdek, prezident Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Prezident Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda ikki palatani tarqatib yuborishi mumkin.
Amaldagi prezident o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda prezident saylovi o‘tkaziladi.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0