Qoraqalpog‘istondagi mahallalarning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda

© Ministerstvo turizma i sportaFestival "Stixiya"
Festival Stixiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2023
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjatda Qoraqalpog‘istonda "Mahallani qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Loyihada shuningdek, tashkil etilgan jamg‘armaga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yil davomida 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 mln so‘mdan ajratilishi belgilab qo‘yilgan.
Qaror loyihasi Qoraqalpog‘istondagi aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlar ijrosi va mavjud muammolarning o‘z vaqtida va tezkor hal etilishini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqildi.
Loyiha qabul qilinsa quyidagilarga erishiladi:
mahallalardagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimlarini ta’mirlash va tiklash;
mahallada infratuzilmani rivojlantirish;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirish;
Mahallalardagi “ko‘chaboshi”lari rag‘batlantirilish.
Yangiliklar lentasi
0