Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Nega G‘arb texnikasi Ukrainani mag‘lubiyatdan qutqara olmaydi — AQSh OAVi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishArtemovskda buzilgan Ukraina zirhli mashinalari.
Artemovskda buzilgan Ukraina zirhli mashinalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2023
Obuna bo‘lish
Atlantic: G‘arb harbiy texnikasi Rossiya qurollarining samaradorligi tufayli Ukraina QKni mag‘lubiyatdan qutqarmayapti.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. G‘arb harbiy texnikasi Rossiya qurollarining samaradorligi tufayli Ukraina Qurolli kuchlarini mag‘lubiyatdan qutqara olmaydi, deb yozadi "Atlantic" sharhlovchisi Fillips Peyson O’Brayen.

"Ruslar kattaroq harbiy-havo kuchlariga ega va ularning samolyotlari texnologik jihatdan ukrainaliklardan ustun. Rossiya ham razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun ham, Ukraina kuchlariga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilish uchun ham ko‘p sonli dronlardan foydalanishi mumkin. Rossiyaning Ka-52 kabi vertolotlari Ukraina zirhli texnikasini yo‘q qilishda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi", dedi u.

Bundan tashqari, Rossiya armiyasida ko‘plab artilleriya va raketa otish moslamalari, shuningdek, tankka qarshi samarali tizimlar mavjud, deb qo‘shimcha qildi jurnalist.
Kiyevga G‘arbning zamonaviy texnikasi yetkazilganligiga qaramay, “Leopard” tanklari va “Bradley” jangovar mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0