Toshkentning to‘rt tumanida “svet” qisman o‘chiriladi

Lampa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2023
Obuna bo‘lish
Hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Bugun, 26-iyun kuni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahridagi 7 ta MFYning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” va “Muhandislar” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Qozirobod” va “Katta Qozirobod” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Sergeli tumani: “Eski Jaloyir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Mirobod tumani: “Tong yulduzi” va “Fayzobod” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0