Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda Qurbon bayrami arafasida qo‘y narxi necha pul? Batafsil Sputnik infografikasida tanishing.
Qurbon bayrami arafasida Sputnik Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonda qo‘y narxi necha pulligi haqida statistik ma’lumotlarni to‘pladi.
Unga ko‘ra, eng arzon qo‘yni Ozarbayjon va Tojikistonda xarid qilish mumkin. Ushbu davlatlarda bir bosh qo‘y narxi 150 dollardan boshlanadi.
Ikkinchi o‘rinda qo‘shni Qozog‘iston respublikasi. Bu yerda qo‘ylar o‘rtacha 156 dollardan boshlanadi. Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston - 172 dollardan.

O‘MI Fatvo markazining qurbonlik haqidagi eslatmalari:

Qurbonlik kimga vojib
Qurbonlik balog‘at yoshiga yetgan, aqli hushi joyida bo‘lgan, musofir bo‘lmagan, ya’ni safarda bo‘lmagan musulmonlar uchun vojib hisoblanadi. Shu bilan birga qurbonlik qiluvchi kishi zakotga qodir, ya’ni yetarlicha badavlat bo‘lishi kerak.
Qurbonlik vaqti
Qurbonlik zulhijja oyining 10, 11, 12 kunlarida uch kun davomida amalga oshiriladi. Qurbonlik hayit namozi o‘qilganidan so‘ng boshlanib hayitning uchinchi kun quyosh botguniga qadar bajariladi.
Qurbonlikka so‘yiladigan jonivor qanday bo‘lishi kerak?
Jonivor rangining ahamiyati yo‘q, hadislarda payg‘ambar (s.a.v.) oq-qora aralash qo‘chqor so‘yilgani aytilgan bo‘lsa da, lekin so‘yiladigan qo‘chqorning rangi ahamiyatli emas.
Qurbonlikka kasal, oyoq-qo‘li singan yoki juda ozg‘in hayvonlar qurbonlikka yaramaydi. Hayvonning dumi, qulog‘i yoki dumbasi kesilgan bo‘lsa, unda qarash kerak, agar a’zoning uchdan bir qismidan kami kesilgan bo‘lsa yaraydi, undan ko‘p bo‘lsa qurbonlikka yaramaydi. Cho‘ponlar tomonidan belgi sifatida qulog‘i kesib yoki teshib qo‘yilgan hayvonlarni qurbonlikka so‘yish joiz bo‘laveradi.
Qurbonlikni taqsimlash
Qurbonlikka qo‘y yoki echkini bir kishi nomidan so‘yish mumkin, qoramol yoki tuyani yetti kishi sherik bo‘lib so‘yishi mumkin. Sheriklikka so‘yilgan qurbonlikni taroziga tortib uni teng bo‘lib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sotish mumkin emas
Qurbonlikka so‘yilgan hayvon go‘shti ehson qilinadi, lekin uni sotish mumkin emas.
Yangiliklar lentasi
0