Bayram kunlari transportning barcha turlarida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Aleksey FilippovPassajirka s chemodanami v aeroportu
Passajirka s chemodanami v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Qurbon hayit munosabati bilan temir yo‘l va havo yo‘llarining mahalliy yo‘nalishlari uchun qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 28-iyun – 2-iyul kunlari Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan transportning barcha turlarida qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi tomonidan mahalliy qatnovlarda yo‘lovchilar sonini oshirish, shuningdek, 26-iyundan 3-iyulga qadar qo‘shimcha reyslar tashkil etish rejalashtirilgan.
Quyidagi samolyotlar yangi o‘rinli bortlarga almashtiriladi:
A-320 turidagi 150 o‘rinli havo kemalarini A-321 turidagi 180 o‘rinli;
V-767 turdagi 246 o‘rinli bortlarni A-330 turdagi 264 o‘rinli o‘rinli.
Mazkur havo kemalariga almashtirish orqali aviakompaniya tomonidan Toshkent-Urganch (17 ta), Toshkent-Nukus (15 ta), Toshkent-Buxoro (8 ta), Toshkent-Samarqand (6 ta), Toshkent-Termiz (5 ta), Toshkent-Namangan (2 ta), Toshkent-Farg‘ona (4 ta), Toshkent-Qarshi (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Har ikki tomonga bajarilgan qatnovlarda xizmat ko‘rsatiladigan amaldagi yo‘lovchilar soni jami 12 400 dan 18 200 taga yetkazilishi belgilangan.
“Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshiriladi:
Toshkent-Buxoro (5 ta);
Toshkent-Samarqand (4 ta);
Toshkent-Qarshi (3 ta);
Toshkent-Navoiy (2 ta);
Toshkent-Namangan (2 ta);
Toshkent-Nukus (3 ta);
Toshkent-Termiz (4 ta);
Toshkent-Urganch (3 ta);
Toshkent-Farg‘ona (3 ta);
Farg‘ona-Urganch (1 ta);
Farg‘ona-Buxoro (1 ta);
Buxoro-Urganch (1 ta).
Har ikki tomonga amalga oshiriladigan reyslarda 4 608 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Buxoro (1 ta), Toshkent-Farg‘ona (1 ta), Toshkent-Samarqand (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yo‘nalishlarda 1044 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
“My Frieghter” (Centrum-Air) aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Buxoro (1 ta), Toshkent-Termiz (1 ta), Toshkent-Samarqand (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yo‘nalishlarda 1080 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining yo‘nalishlarida quyidagi qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi:
27 iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent (2 ta), Toshkent – Nukus – Toshkent(1 ta), Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta) yo‘nalishlarida;
28 iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta), 30-iyun kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent (1 ta) yo‘nalishida;
2 iyul kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent (1 ta) yo‘nalishida.
Temir yo‘l transporti yo‘nalishida
Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 26-iyun kunidan 3-iyul kuniga qadar “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari qo‘shimcha 1 taga oshiriladi. Natijada qatnovlar soni 16 taga va joylar soni 4,5 mingtaga oshadi.
Qayd etilishicha, bu orqali ushbu yo‘nalishda tashilayotgan yo‘lovchilar soni teng barobarga oshadi.
Shuningdek, 26, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkent – Xiva yo‘nalishida hamda 27, 29-iyun va 1, 3-iyul kunlari Xiva – Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi qo‘shimcha 1 ta yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha qatnovlar:
26 iyun kunidan 3-iyul kuniga qadar "Toshkent – Termiz – Toshkent", "Toshkent – Shovot – Toshkent", "Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi mavjud yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha 4 tadan vagon ulanadi.
26 iyun kunidan 3-iyul kuniga qadar “Toshkent-Namangan-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar qatnovlari qo‘shimcha 1 taga oshiriladi.
29 iyun Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari qo‘shimcha 1 taga oshiriladi.
26 iyun 3-iyul kunlari jami 42 ta reys amalga oshirilib, 135 mingta yo‘lovchi (jumladan, qo‘shimcha 27 mingta yo‘lovchi) tashish imkoniyati yaratiladi.
“Toshkent” avtovokzalidan bajariladigan avtobus qatnovlari
Toshkentdan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Navoiy yo‘nalishlarida kunlik 32 ta rejadagi reyslar bilan birga qo‘shimcha 18 tagacha reys amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 50 ta reys orqali 2700 ta yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazilmoqda.
Umumiy qatnovlar soni 350 ta reysni tashkil etib, 19 mingta (6,930 ta qo‘shimcha) yo‘lovchilar tashiladi. Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda yuqoridagi yo‘nalishlarda yana qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.
“Toshkent” avtovokzalida 24 soatlik ish rejimi tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 28-iyun kuni Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent metropoliteni tongi soat 04:00 dan kech soat 00:00 ga qadar domiy jadval asosida o‘z ish faoliyatini olib boradi.
“Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan 9-iyuldan 12 iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50% chegirma e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0