Tez orada Telegram’da Stories funksiyasi ishga tushadi — uning afzalligi nimada?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishTelegram
Telegram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda formatni sinovdan o‘tkazish yakunlanmoqda, funksiya iyul oyi boshida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Tez orada Telegram messenjerida Stories funksiyasi ishga tushiriladi, deya xabar berdi ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov.
Pavel Durovning yozishicha, ko‘p yillar davomida Telegram foydalanuvchilari Stories funksiyasini qo‘shishni so‘rashgan, biroq ishlab chiquvchilar uni yaqinda joriy etishga qaror qilishgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yopiq testlardan so‘ng hatto skeptiklar (hamma narsaga ishonchsizlik, shubha bilan qaraydigan odam) ham bundan mamnun bo‘lishgan.
“Dastlab, biz bunga qarshi edik, chunki Stories allaqachon hamma joyda bor. Biroq, agar biz foydalanuvchilarni tinglamasak va mavjud formatlarni yangilamasak, Telegram Telegram bo‘lmas edi. Tez orada biz Telegram formatida Stories funksiyasi ishga tushiramiz”, — deb yozdi Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda formatni sinovdan o‘tkazish yakunlanmoqda, funksiya iyul oyi boshida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
Durovning ta’kidlashicha, foydalanuvchilarga hikoyalarning har birini kim ko‘rishi mumkinligini tanlashga ruxsat beriladi - barcha foydalanuvchilar, faqat mumkin bo‘lgan istisnolar bilan kontaktlar, bir nechta tanlangan kontaktlar yoki yaqin do‘stlar ro‘yxati.
Hikoyalar o‘zlari "chat" ro‘yxatining yuqori qismidagi bo‘limga joylashtiriladi. Ularni "Kontaktlar" bo‘limida maxsus "Yashirin" ro‘yxatda yashirib qo‘yish mumkin.
Shuningdek, surat va videolarni tahrirlash vositalari, imzolar va boshqa odamlarni belgilash imkoniyati qo‘shiladi.
Bundan tashqari, messenjer smartfonning old va asosiy kameralari tomonidan olingan surat va videolarni bir vaqtning o‘zida e’lon qilishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, foydalanuvchilar hikoyaning qachon tugashini tanlashlari mumkin. Masalan, 6, 12, 24 yoki 48 soatdan keyin yoki har biri uchun individual maxfiylik sozlamalari bilan o‘z sahifalarida hikoyalarni doimiy ravishda ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0