U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston yarim finalga qanchalik tayyor

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa sardori Lazizbek Mirzayev
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa sardori Lazizbek Mirzayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Obuna bo‘lish
Tailanddagi futbol bo‘yicha Osiyo kubogining finaliga chiqish uchun O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘smirlari o‘zaro kuch sinashishadi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jamoliddin Rahmatullayev U-17 Osiyo kubogi-2023 yarim finali doirasida o‘tadigan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Asosiy maqsadimiz ushbu g‘alaba tasodif emasligini isbotlash. O‘ylaymanki, yarim finalda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz”, - dedi Rahmatullayev
Bosh murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston katta maqsad va ishtiyoq bilan musobaqaga kelgan.

“Oldimizda turgan minimal maqsad jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Endi esa asosiy maqsadimiz turnirda zafar quchishni uddalashimiz zarur. Oldimizda ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. Ularni ijobiy natija bilan hal qilish uchun bor kuchimizni beramiz”, - dedi u.

Jamoa sardori Lazizbek Mirzayevning ta’kidlashicha, terma jamoa Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga jismonan tayyor holatda.
“Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etib g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz”, - dedi Mirzayev.
Eslatib o‘tamiz, 29-iyun kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogining yarim finalida Janubiy Koreya jamoasi bilan to‘qnashadi. O‘zbekistonlik futbolchilar oq-ko‘k libosda, darvozabon esa to‘liq qora libosda harakatlanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Bangkok shahrining “Patum Tani” stadionida boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0