https://oz.sputniknews.uz/20230629/malayziya-it-kompaniya-ozbekiston-36404467.html
Malayziyaning yirik IT kompaniyasi O‘zbekistonda ishlash istagini bildirdi
Malayziyaning yirik IT kompaniyasi O‘zbekistonda ishlash istagini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Malayziya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
2023-06-29T11:24+0500
2023-06-29T11:24+0500
2023-06-29T13:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36404573_0:0:416:235_1920x0_80_0_0_e0cb3a89920cea105e1e7c377ab1546c.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Malayziyaning yirik axborot texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyat yuritish istagini bildirdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.Joriy yilning 27-iyun kuni diplomatik vakolatxona vakillari va Malayziyaning “Nityo Infotech” kompaniyasining raqamli texnologiyalar bo‘yicha direktori Umapati Sivan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Malayziya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.Uchrashuv yakuni bo‘yicha Malayziya kompaniyasi va O‘zbekiston tomoni o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazishga va xorij tomonining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirishga kelishildi.“Nityo Infotech Corporation" kompaniyasi 2006-yilda tashkil etilgan. U jadal sur’atlarda rivojlanayotgan global IT-xizmatlari va yechimlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36404573_47:0:368:241_1920x0_80_0_0_8a5f87d89466324d5715b077a3bf3756.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
malayziya it kompaniya o‘zbekiston
malayziya it kompaniya o‘zbekiston
Malayziyaning yirik IT kompaniyasi O‘zbekistonda ishlash istagini bildirdi
11:24 29.06.2023 (yangilandi: 13:48 29.06.2023) Malayziya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Malayziyaning yirik axborot texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyat yuritish istagini bildirdi, deya
xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Joriy yilning 27-iyun kuni diplomatik vakolatxona vakillari va Malayziyaning “Nityo Infotech” kompaniyasining raqamli texnologiyalar bo‘yicha direktori Umapati Sivan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Malayziya tomoniga respublikada axborot texnologiyalarini rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotni joriy etish sohasida olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar va “IT Park Uzbekistan”da uning rezidentlari va xorijiy kompaniyalar uchun beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda Malayziya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Umapati Sivan O‘zbekistonda kompaniya ofisini ochish, biznes jarayonlarini autsorsing qilish, O‘zbekistonda elektron tijorat loyihalarini amalga oshirish va bulutli texnologiya yo‘nalishida hamkorlik va data markaz tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha Malayziya kompaniyasi va O‘zbekiston tomoni o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazishga va xorij tomonining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirishga kelishildi.
“Nityo Infotech Corporation" kompaniyasi 2006-yilda tashkil etilgan. U jadal sur’atlarda rivojlanayotgan global IT-xizmatlari va yechimlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.