O‘zbekistonda "Hamdo‘stlik bolalari" forumi qanday o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
MDHning bir necha respublikalaridan kelgan maktab o‘quvchilari ishtirokidagi "Hamdo‘stlik bolalari" forumi do‘stlik va iliqlik muhitida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda MDHga a’zo davlatlarning “Hamdo‘stlik bolalari” sakkizinchi xalqaro madaniy-ma’rifiy forumi nihoyasiga yetmoqda.
Tadbir 23-29 iyun kunlari Toshkent viloyatidagi "Semurg‘" bolalar oromgohida bo‘lib o‘tdi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar va yoshlarni yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha xalqaro platforma yaratishdan iborat bo‘ldi.
Joriy yilda forumda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar maktab o‘quvchisi va ularning ustozlari ishtirok etdi.
Forum doirasida har bir delegatsiya o‘z mamlakatining milliy an’ana va an’analarini namoyish etdi. Shuningdek maktab o‘quvchilari turli xil ekskursiyalarga borishdi, ko‘rgazmalarga tashrif buyurishdi va mahorat darslarida ishtirok etishdi.
Forum qanday o‘tgani va ishtirokchilarining taassurotlari bilan videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0