Samarada YTHga uchragan o‘zbekistonliklar haqida rasmiy ma’lumot berildi

© MVD Samarskoy oblastiSamaradagi YTH
Samaradagi YTH - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2023
Obuna bo‘lish
Hozir qurbonlarning jasadlarini Vatanga qaytarish ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi Rossiyaning Samara viloyatida o‘zbekistonliklar ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Baxtsiz hodisa natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganligini, 1 nafar fuqaro og‘ir ahvolda “Bolsheglushiskaya” Davlat tibbiyot muassasasiga yetkazilganligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Hozir qurbonlarning jasadlarini Vatanga qaytarish ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu masala bosh konsulxona nazoratida bo‘lib, Samara viloyati ma’muriyati va mas’ul idoralari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni Samara trassasida 2 ta "Honda Stepwgn" va "Hyundai Elantra"ning to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Qirg‘iziston TIV hodisa oqibatida ikki nafar Qirg‘iziston fuqarosi va to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0