Navoiy viloyatida “Cobalt” suv omboriga oqib ketdi — video

© Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan Vodoxranilisha Tudakul
 Vodoxranilisha Tudakul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2023
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Navoiy viloyatining “To‘dakul” suv omborida “Cobalt” rusumli avtomobil suvga oqib ketdi. Bu haqda FVV ma’lumotiga tayanib, “Pochtachi” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 20-iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” suv omborida Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan oq rangli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan.
Aniqlanishicha, suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.
Ushbu vaziyat bo‘yicha FVVga ma’lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0