Tarixiy sana: Minsk ozod qilingan kun — video

Obuna bo‘lish
Bundan 79-yil oldin, 1944-yilning 3-iyul kuni Minsk fashist bosqinchilaridan ozod qilingan edi.
O‘sha kun 3-Belorussiya frontining 2-gvardiya tank korpusi shaharga shimoli-sharqdan, 1-Belorussiya frontining tank korpusi Janubi-sharqidan shaharga bostirib kirgan edi. 31-armiyaning o‘qchi diviziyalari va 5-gvardiya tank armiyasi esa boshqa yo‘nalishlardan hujumni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Tong soat 7:30 da jangchilar Minsk markaziga kirib kelishdi Kechga yaqin shahar bosqinchilardan butunlay ozod qilindi. Chekinish vaqtida fashistlar shahardagi korxona, maktab, kasalxonalarni portlatgan va shaharda birorta ham butun bino qolmagan edi.
Ozod bo‘lgan Minsk aholisi sovet tanklarini gullar bilan kutib olishdi.
Keyinchalik Belarusda 3-iyul — Mustaqillik kuni sifatida nishonlana boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0