O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun BAAga jo‘nab ketdi

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaStudenti iz Uzbekistana otpravilis v OAE dlya uchastiya v mejdunarodnoy olimpiade
Studenti iz Uzbekistana otpravilis v OAE dlya uchastiya v mejdunarodnoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro biologiya olimpiadasi joriy yilning 3-11 iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligi davlatida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Kecha, 2-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) jo‘nab ketdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Xalqaro biologiya olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar:
Behruz Tursunov - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 274-maktab o‘quvchisi;
G‘olibjon Sharifov - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktab o‘quvchisi;
Muhammadibrohim Egamberdiyev - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
Mehrangiz Axtamova - Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi.
Xalqaro biologiya olimpiadasi joriy yilning 3-11 iyul kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0