O‘tgan yili qancha onalar va bolalar o‘limi qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

CC0 / pexels / Novorojdenniy
Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
Statistika agentligi bu borada ma’lumotlarni ochiqladi
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik O‘zbekistonda 2022-yilda 7885 nafar go‘dak o‘limi qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Aytilishicha, 2022-yilda jami 172 068 ta o‘lim qayd etilgan. Shundan 7885 tasida go‘daklar vafot etgan. 130 nafar ayol homiladorlik yoki tug‘ruq payti vafot etgan.
2020 yili go‘daklar o‘limi 6 860tani, onalar o‘limi 155tani tashkil etgan. 2019-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 432ta va 145ta bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, mamlakat aholisining 20 millionini bolalar va tug‘ish yoshidagi ayollar tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0